12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Moliya
6 Noyabr  2019 383

Qo‘qonda bank xizmatlari markazi ish boshladi

O‘zsanoatqurilishbankning Qo‘qon filiali qoshida Bank xizmatlari markazi ochildi, deb xabar qiladi bank matbuot xizmati.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan bank-moliya xizmatlari yetib bormagan shahar markazlaridan olisdagi qishloq va ovullarda ham zamonaviy tizimda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishlari faol olib borilmoqda.

Xususan, zamonaviy yondoshuvlar asosida barpo etilib, aholi e'tiboriga havola etilayotgan Bank xizmatlari markazining navbatdagi Qo‘qon shahrida ishga tushirildi.

Markaz ilg‘or kommunikatsiya vositalari hamda zamonaviy mebellar bilan jihozlangan. Ularda malakali bank xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. Hisob raqam ochish, kredit olish uchun ariza berish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalari markazdagi xizmatlar sirasiga kiradi.

Markazda 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomatlar bilan jihozlangan. Hudud aholisi hamda mehmonlariga milliy va xalqaro plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirishlariga qulay sharoit yaratadi.

Ushbu markaz bilan O‘zsanoatqurilishbank tizimida bank xizmatlari markazlari 27 taga yetdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech