03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37 °C

Mamlakatimizda
24 Mart  2020 1100

Qonunchilik palatasida yangi tayinlovlar

Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida Qonunchilik palatasi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida deputatlik odobi qoidalari hamda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi tuzildi.

Komissiyaga Qonunchilik palatasining Fan, t’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zohidov rais etib saylandi.

Majlisda Odob komissiyasining nizomi, deputatlik odobi qoidalari tasdiqlandi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiyasi ham tuzildi.

Komissiyaga Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova rais etib saylandi.

Mazkur komissiya jamiyatda oilaning o‘rnini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, gender tenglikni, sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, ushbu yo‘nalishdagi dasturlarni hayotga izchil tatbiq etish, oila va xotin-qizlar masalalariga oid xalqaro shartnomalar bajarilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech