22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Xavfsizlik
2 Fevral  2019 1223

Qonunbuzarlarning noqonuniy faoliyati to‘xtatildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelishi va sotilishini oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tezkor tadbir o‘tkazdi.

Chilonzor tumanidagi avtoturargohlarda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.D. “shartli xaridor”ga xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 75 dona “Protein” (odam mushaklarini baquvvat qiluvchi biologik faol qo‘shimchalar)ni salkam 3 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, yukxonada ham yana 30 dona “Protein” borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

 105 dona “Protein”ning umumiy qiymati 25,2 million  so‘mni tashkil etadi.

Yana bir tezkor-qidiruv tadbir davomida Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro V.X.ning xonadoni o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda xonadon hovlisida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan “BMW S1000RR” rusumli mototransportni foydalanish maqsadida saqlayotganligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati  15 ming AQSh dollari bo‘lgan mototransport ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech