16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
10 Aprel  2019 779

Qonun hujjatlari loyihalarini kelishish elektron shaklda amalga oshiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (284-son, 08.04.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, qonun hujjatlari loyihalari Hukumatga yoki Prezident Administratsiyasiga kiritilishidan oldin manfaatdor idoralar bilan majburiy ravishda kelishilishi lozim edi.

Endilikda mazkur jarayon ham elektron shaklda amalga oshiriladi.

Xususan, qarorda qayd etilishicha 2019-yil 1-yanvardan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi sinov tariqasida ishga tushirilgan.

Shu munosabat bilan, Yagona elektron tizimning ustuvor vazifalari belgilandi.

Loyihalarni ko‘rib chiqish va kelishish jarayonining shaffofligini ta'minlash, elektron imzoning, vizalarning haqiqiyligini tasdiqlash shular jumlasidandir.

2019-yil 1-maydan 1-iyulgacha qonunlar, Prezident va Hukumat hujjatlari loyihalarini manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqish va kelishishda Yagona elektron tizimning pilot loyihasi joriy etiladi hamda ularni Hukumatga kiritish qog‘oz shaklida yoki tizim orqali amalga oshiriladi.

2019-yil 1-iyuldan 1-oktyabrgacha Hukumatda Yagona elektron tizimning pilot loyihasi joriy etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan loyihalar Hukumatga va Prezident Administratsiyasiga faqat Yagona elektron tizim orqali kiritiladi.

Yagona elektron tizimda qonunlar, Prezident va Hukumat hujjatlari loyihalarini kelishish davomidagi takliflar hamda e'tirozlar bilan qayta ishlashga imkon beruvchi funksiya ishga tushiriladi.

Yagona elektron tizimning samarali va uzluksiz ishlashini ta'minlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tuzilib, unga adliya vaziri boshchilik qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech