24 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Tashvishli xabar
3 Yanvar  2019 1362

Qo‘lbola pirotexnika vositasi bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 1-yanvar kuni Fayziobod mahallasida yashovchi A.Yu.ning uyi hovlisida jiyanlari 14 yoshli S.M. va 19 yoshli Sh.B.lar qo‘lbola usulda pirotexnik vositasini tayyorlayotganlarida chaqnash sodir bo‘lgani va ular jarohat olib kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik.

Shu voqyea tufayli 14 yoshli S.M. kasalxonada vafot etgan. Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, bolaning qo‘l-oyoqlari sochilib ketgan, deb yozmoqda «Xabar.uz».

U oilasida birgina o‘g‘il farzand edi. Onasi bolani tog‘asiga qoldirib, Turkiyaga ishlashga ketgan bo‘lgan.

Hodisa oqibatida 19 yoshli Sh.B. ham jiddiy jarohat olgan. U Yangiyul shahridagi kasalxonaning shoshilinch reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar uning o‘ng oyog‘i to‘pig‘idan kesilishi mumkin deyishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentdan ham mutaxassislar jalb qilingan. Kollejni tamomlagan Sh.B. yaqinda harbiy xizmatga chaqiruv olgan edi...

Xabarda keltirilishicha, bolalar o‘t o‘chirish moslamasi (ognetushitel) ichiga turli moddalarni solib, qo‘lbola usulda pirotexnik vositasi tayyorlamoqchi bo‘lishgan. 22 yashar tog‘a ham bu «xavfli mashg‘ulot»ga qarshilik qilmagan. Taxmin qilinishicha, ularga «gugurt yoqishga joy qoldirmabsizlar» deb aynan u «qonli ko‘rsatma» bergan. O‘smir «ognetushitel» ichini o‘zi to‘ldirgan portlovchi moddalardan bo‘shatmasdan, drel bilan teshishga uringan. Ular bu «bomba»ni mahalladan oqib o‘tadigan Junariq kanalida portlatishmoqchi edi.

8-sinf o‘quvchisi o‘t o‘chirish moslamasini teshayotganida uchqun chiqib, portlab ketadi. Bu vaqtda 19 yoshli Sh.B. uzoqroqda, eshik oldida bo‘lgan va shu tufayli omon qolgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech