30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Xavfsizlik
6 Aprel  2020 640

Qizcha hayoti saqlab qolindi

Navoiylik huquq posbonlarining tezkorligi sabab 1 yoshli qizchaning hayoti saqlab qolindi.

2020-yil 3-aprel soat 21:00 lar atrofida Karmana tumanidan Navoiy shahri hududiga o‘tuvchi chegara postida abgor holatdagi yengil mashina tungi navbatchilarning diqqatini tortdi. Mashina xodimlar tomonidan to‘xtatilganda, fuqaro Latif Yo‘ldoshev rafiqasi bilan birgalikda hushsiz holatdagi 1 yoshli qizini shifoxonaga olib borishmoqchi ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Qizchaning hayoti tobora xavf ostida qolayotganligini payqagan ichki ishlar organi xodimlari Ravshan Saitov hamda Hojiakbar Boltaboevlar o‘sha vaqtning o‘zida bolaga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatib, o‘z xizmat mashinasida tezlik bilan uni Viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga yetkazdilar.

Mazkur holat yuzasidan Viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasining oliy toifali shifokori Bobomurod Pardaevning ma'lum qilishicha, bemor 39.5 S yuqori isitma haroratida hushsiz holatda shifoxonaga olib kelingan. 2 daqiqalik kechikish uning hayotini ayanchli yakunlashi mumkin edi.

Ayni payda qizcha hayotga qaytdi, uning salomatligi yaxshi hamda shifokorlar nazoratida.

Fuqarolarimiz tinchligi va salomatligi yo‘lida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB 1-otryad safdor xodimi Ravshan Saitov hamda Milliy gvardiya xodimi Hojiakbar Boltaboevlarning ko‘rsatgan jasorati tahsinga loyiq, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech