18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Agrosеktor
10 Avgust  2019 576

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda ICBA o‘rtasida memorandum imzolandi

Joriy yilning 8-9-avgust kunlari  Toshkentda “Orol dengizi suv havzasi tumanida qishloq xo‘jaligi va ekologik muammolardan investitsiyalar va innovatsiyalarni jalb qilish  imkoniyatlariga o‘tish” mavzusidagi ko‘ptomonlama forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

 

Tadbirda asosiy e'tibor Orol suv havzasi hududidagi atrof-muhitning zamonaviy holatini hamda ilm-fan va agroinnovatsion yondashuvlar va texnologiyalar ushbu mintaqadagi barqaror  rivojlanish borasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarga qaratildi.

Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev hamda Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) bosh direktori, professor Ismaxane Eluafi Anglashuv memorandumini imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, o‘zaro manfaatli bo‘lgan sohalarda hamkorlik ko‘zda tutiladi. Xususan, memorandum innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish, o‘simliklarni yetishtirishning kompleks tizimlarini ta'minlash, chorvachilik va o‘rmon xo‘jaligi, suv sektori o‘rtasidagi munosabatlarni ta'minlash, «fermerga fermer» dasturi doirasida seleksiya, urug‘chilik, urug‘ ishlab chiqarish va urug‘larni tarqatishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.

Forumning ikkinchi kuni qurg‘oqchilikni boshqarishda integratsiyalashgan  yondashuvlar, Orol dengizi atrofida qum va tuz bo‘ronlarini bartaraf etish va kamaytirish, sho‘rlanish va iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligining muqobil uslublarini joriy etishga karatilgan loyihalar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari yem-hashak ekinlari va chorvachilik bo‘yicha mintaqaviy  loyihalar ishlab chiqildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech