26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Transport
9 Iyul  2020 555

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi takomillashadi

“UzAvto” brendidan foydalanish huquqiga ega boʻladigan MCHJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi.

2020-yil 8-iyulda Hukumatning 430-sonli “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, qishloq xoʻjaligi mashinasozligini yana-da rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini qayta koʻrib chiqish va unifikatsiya qilish, ularning sifatini yaxshilash, tannarxini pasaytirish va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlarining rentabelligini oshirish asosiy yoʻnalishlardan biri etib belgilandi.

Qarorga koʻra, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning quyidagi ulushlari (aksiyalari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilishi hamda agentlik tomonidan “Oʻzavtosanoat” AJga:

- ustav kapitalidagi davlat ulushlari uch yil muddatga ishonchli boshqauvga beriladi:

- “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ;

- “Agregat zavodi” AJ;

- “Texnolog” AJ;

- “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ,

- “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ;

- “Agrosanoatmashinvest” MCHJ.

Ustav kapitalidagi davlat ulushlari savdoga quyiladi:

“Urganchozuqamash” AJ;

- “Agrotex-lit” MCHJ.

Faoliyati tugatiladi:

- “Agrotexmash-DD” MCHJ;

- “Agromash sanoat invest” MCHJ.

Bundan tashqari, “Oʻzavtosanoat” AJning oʻz nomlarida “UzAvto” brendidan (tovar belgisidan) foydalanish huquqiga ega boʻladigan MCHJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi.

Qaror bilan, 2019-yil yakunlariga koʻra, “Oʻzavtosanoat” AJ aksiyalari boʻyicha dividendlarni sof foydaning 30 foizi miqdorida hisoblash va toʻlash muddati penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020-yil 31-dekabrgacha etib belgilandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech