16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Xalqaro munosabatlar
9 Avgust  2019 827
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kunining oxirida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Muloqotda Qirg‘izistonda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhim ekani alohida qayd etildi. Qo‘shni mamlakatdagi vaziyat amaldagi qonunchilik doirasida tez orada barqarorlashishiga umid bildirildi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish hamda Chegarada ishonch choralari to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq uning xavfsizligini mustahkamlash zarurligi ta'kidlandi.

Suhbat yakunida davlat rahbarlari keng ko‘lamli hamkorlikni yanada faol rivojlantirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi intilishi qat'iy ekanini tasdiqladilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech