24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Xavfsizlik
25 Fevral  2019 975

Qimmatga tushgan qing‘irlik

Farg‘ona viloyati bojxonachilari mamlakatimizga noqonuniy olib kirilayotgan tovar-moddiy boyliklar, xususan, sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarining navbatdagisini fosh etishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

 

“Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro D.G‘.ning “MAN” rusumli yuk avtomashinasi yukxonasida maxsus yashirin joy borligi aniqlandi. Tekshirishlar natijasida yashirin joyga umumiy qiymati 702,2 million so‘mni tashkil etuvchi mahsulotlar berkitilgani ma’lum bo‘ldi. Yashirin olib kirilayotgan: 3244 dona sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar, 239 kilogramm qovun va tarvuz urug‘i hamda 78 kilogramm shokolad mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech