21 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,1 °C

Sport
7 Mart  2019 1390

Qilichbozlarimiz vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda

Iordaniya poytaxtida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha kun muqaddam o‘smirlar toifasida sablya qurolida kechgan bellashuvlarda Sherzod Mamutov yakkalik bahsda, termamiz esa jamoaviy bahsda bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Ayni paytda yoshlar toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanmoqda, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

 

E'tiborlisi, bugungi bellashuvlarda jang olib borgan sablyachi qizlarimiz ham shohsupaga ko‘tarildilar. Ular chorak finalda ancha jiddiy hisoblangan singapurlik raqibalarini 45:44 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Yarim finalda esa Janubiy Koreya termasiga imkoniyat boy berildi. Bu yakunda qizlarimizga shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishlarini ta'minladi. Qo‘shimcha reyting ochkolari uchun yarim finalning narigi juftligida mag‘lub bo‘lgan yaponiyalik yoshlarga qarshi bahs o‘tkazilib, unda 45:31 hisobida vakilalarimizning qo‘li baland keldi.

Musobaqada Aysulu Usnatdinova, Sevinch Ismoilova hamda Zaynab Dayibekova kabi qizlarimiz terma jamoa sharafini himoya qilishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech