18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Tashvishli xabar
5 Mart  2019 1891

Qibrayda poyezd urib ketishi natijasida bir kishi vafot etdi

Kecha, 4-mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o‘tuvchi “Qodriya-Oqqovoq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da yuk poyezdi “Qibray” QFY Birlik ko‘chasida yashagan M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Natijada M.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Aytish joiz oxirgi paytlarda bunday holatlar tez-tez sodir bo‘lmoqda. Jumladan, 1-yanvar kuni Jomboy-Bulung‘ur temir yo‘l bekatlari oralig‘ida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi 39 yoshli ayolni, 17-fevral kuni esa Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani hududida 7 yoshli Jasminani teplovoz urib yuborgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech