26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,6 °C

Mamlakatimizda
12 Iyun  2019 469

Qaysi OTMlarga DXM orqali hujjat topshirish mumkin?

Xabaringiz bor oliy ta'lim muassasalariga abiturientning joylashishi va yashash joyidan qat'iy nazar, onlayn tarzda  my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazlari yordamida hujjat topshirish imkoniyati yaratilgan.

Bugungi kunda  respublikamizning har bir tumanida 201 ta shunday markazlar mavjud, olis hududlar aholisi uchun esa DXMlarning 50 dan ortiq shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xo‘sh, bugun qaysi oliy ta'lim muassasalariga Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topshirish mumkin?  Davlat xizmatlari agentligining ma'lum qilishicha, quyidagi ro‘yxatdagi OTMlarga hujjatni soddalashtirilgan tartibda topishirish mumkin:

  1. Toshkent davlat yuridik universiteti;
  2. Qoraqalpoq davlat universiteti;
  3. Guliston davlat universiteti;
  4. Farg‘ona davlat universiteti;
  5. Samarqand davlat universiteti.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili hujjatlarni tajriba tariqasida qabul qilish tartibi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan sinovdan o‘tkazildi.

Natijada — mamlakatimizning 7 mingdan ziyod oilalari 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejab qolishdi.

Mutaxassislarning o‘rtacha hisobiga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan OTMlarga hujjatlarni topshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi natijasida aynan shuncha mablag‘lar oilalar byudjetida saqlab qolingan.

Bir qator hujjatlar uchun qo‘shimcha harajatlar kamaytirildi — 086-sonli tibbiy ma'lumotnoma, yashash joyidan ma'lumotnoma, fotosuratlar, shuningdek, poytaxtga kelib-ketishga va bu yerda yashash bilan bog‘liq harajatlar qisqartirildi.

Bugun DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2 ta hujjat so‘raladi:

- fuqarolik pasporti (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);

- umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).

Imtiyozga ega bo‘lgan abiturientlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech