16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Transport
20 Avgust  2019 411

Milliy avtomobillarimizning qay birida nosozliklar ko‘proq uchramoqda?

Bugun Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlar orasida milliy avtomashinalarimiz yuzasidan ham noroziliklar uchrab turibdi. Xususan, Cobaltda nuxsonlar uchrayotganligi borasida e'tirozlar ko‘proq. 

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring yillar davomida zarur ehtiyojlardan pul orttirib, yig‘ib yangi avtomashina harid qilsangizda bir-ikki kunda uning nuqsonlari ko‘zga tashlansa,  bunday hol hammaning dilini hufton qilishi tayin.

Dili huftonlarni esa yetarlicha topish mumkin.  Federatsiyasining Andijon shahar mutasaddilari fuqaro A.Xaydarov jamiyatga bergan yozma arizasini o‘rganib chiqdi. Ushbu murojaatda Andijon shahar «Andijon Avtotexxizmat» MChJ diller markazi tomonidan 2018-yilning 19-oktyabr kuni Cobalt  (GS/16MTV) rusumli avtomobilini sotib olgani, lekin ma'lum bir muddatdan so‘ng, fuqaro avtomashinada yashirin defekt borligini sezib qolib, uning yaroqlilik muddati tugamasdan turib dilerlik markaziga ma'lum qiladi. Ammo ushbu dilerlik markazi yetkazilgan ziyonni qoplashdan bosh tortayotganidan noroziligini bildiradi.

Federatsiya mutaxassislarining o‘rganish ishlari natijasida murojaatchi haqligi aniqlanib, fuqaroga “Andijon Avtotexxizmat” MChJ tomonidan Cobalt (GS/16MTV) mashinasidagi barcha nuqsonlar va muammolar bartaraf etib, iste'molchiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Avvalroq, Buxoro shahri Mohi Xosa ko‘chasida “Sitora avto savdo” MChJ avtosalonidan sotib olingan Cobalt avtomobilida ham nuqsonlar borligi aniqlangan va Federatsiya aralashuvidan so‘ng iste'molchiga nuqsonli avtomashina yangisiga almashtirib berilgandi.

Xuddi shunday yangi  avtoulovdagi nuqson sabab murojaat qilgan fuqarolardan yana biri Navoiy viloyati Zarafshon shahri 12-kichik tumanda yashovchi Asror Sadirovdir. U o‘z arizasida ma'lum qilishicha fuqaro 2019-yil aprel oyida “Navoiy-avtosavdo” avtosalonidan 84 164 910  so‘mga Cobalt avtomobilini sotib olgan. Oradan bir oylar o‘tib, avtomashinaning nuqsonlar paydo bo‘la boshlagan. Ya'ni avtomabilning isitish moslamasi talab darajasida ishlamagan, old qismi oynasida esa nuqsoni bo‘lganligini bilib, bu haqida avtosalon mutaxassislariga xabar qilganligini ma'lum qildi. Ammo, hyech qanday natija bo‘lmaganligi oradan vaqt o‘tib ketayotganligi va yuqoridagi arizasi yuzasidan amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

Ariza qonuniy tartibda qabul qilinib, kuzatuv-o‘rganishlar olib borildi.  Federatsiya tomonidan “Navoiy-avtosavdo” markaziga yozma murojaat xati yuborildi. Shundan so‘ng salon rahbariyati avtomashinaning nosoz joylarini tuzatib, old oyna qismini almashtirib berishini ma'lum qildi. 

To‘g‘ri, O‘rta Osiyoda avtomobil ishlab chiqarishda yetakchi ekanligimizdan xursand bo‘lsak arziydi. Ammo bugun UZAUTO MOTORS ga aylangan mamlakatning yagona avtomashina ishlab chiqaruvchi korxonasi avtomobil sanoatida  sifat darajasini ham yangi bosqichga olib chiqsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi! Aslida uy, mashina kabi moddiy boyliklarni sotib olayotganda juda ehtiyotkor bo‘lishimiz zarur. Bu kabi muammolarni yoritishdan yagona maqsadimiz o‘zimizniki bo‘lgan ulovlarimiz yaxshi kunlarimizga uzoq vaqt xizmat qilsin. 

                                                                  Gulnoza Sharafova

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish

jamiyatlari federatsiyasi yetakchi mutaxassisi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech