03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,6 °C

Dolzarb
29 Iyun  2020 200

Qator dunyo yetakchilari ommaviy vaksina yaratish tarafdori

Nobel mukofotining 18 nafar laureati, 100 dan ortiq dunyo yetakchilari, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va korxonalarga COVID-19 ga qarshi ommaviy vaksina yaratish toʻgʻrisida murojaatnomaga imzo qoʻyishdi, deb xabar beradi Economic Times.

Dunyo miqyosida 10 milliondan ortiq kishi koronavirusdan zararlandi, vafot etganlar soni esa 500 mingdan ortdi, deb xabar beradi JHU axborot manbasi.

Worldometers axborot manbasi xabariga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida bir kunda mingdan ziyod COVID-19 holati roʻyxatga olingan, umumiy kasallanganlar soni deyarli 40 mingga yetgan.

YEIning “Global maqsad: Kelajagimiz uchun birlashish” virtual xayriya tadbiri qashshoq mamlakatlarga COVID-19ga qarshi kurashishda koʻmaklashish uchun 6,15 milliard yevro miqdorida mablagʻ toʻpladi. Bku haqda DW xabar beradi.

Aki Press axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, Qirgʻiziston Prezidenti apparati rahbari Dosali Esenaliyev koronavirusga chalindi. Apparatda kasallik yuqtirgan xodimlar 17 nafarni tashkil qilmoqda

Isroil hukumati koronavirusning ikkinchi toʻlqini boshlangani toʻgʻrisida maʼlum qildi, deb xabar beradi SNN.

Epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli, AQSH rasmiylari fuqarolarni masʼuliyatli boʻlishga, ijtimoiy masofani saqlashga va niqob taqishga chorlamoqda, deb xabar beradi Guardian.

MSNning xabar berishicha 400 mingdan oshiq aholi istiqomat qiladigan Pekin yaqinida qatʼiy karantin choralari qayta tiklangan. Zarur buyumlarni sotib olish uchun kuniga bir marta uydan chiqishga ruxsat beriladi.

Singapurda COVID-19 bilan bogʻliq holatlarni kuzatib borish uchun aholiga Bluetooth yordamida foydalaniladigan TraceTogether aloqa moslamalari tarqatilmoqda, deb xabar beradi BBC.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech