26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Mamlakatimizda
15 Aprel  2019 1514

Qashqadaryodagi sayyor qabuli bo‘yicha e'lon qilingan maqolaga IIV rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qashqadaryoda “Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari qabuliga jiddiy muammo bilan kelgan arizachilar kiritilmadi” nomli maqola yuzasidan IIV Rasmiy munosabat bildirdi.

 

«Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.Jo‘raev joriy yil 11-12-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul vaqtida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limi va huquq-tartibot idoralari rahbarlari, mahalliy hokimliklar va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qabulxonasida bo‘lib o‘tgan qabulning birinchi kuni Qarshi shahri, Muborak, Mirishkor, Kasbi, G‘uzor Nishon, Koson, Dehqonobod va Qarshi tumanlaridan tashrif buyurgan 202 ta fuqaro, ikkinchi kuni Shahrisabz musiqa va san'at maktabida tashkil etilgan qabulda Shahrisabz shahri, Shahrisabz, Chiroqchi, Kitob, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari aholisining 311ta, jami 513 ta turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi. Fuqarolar asosan mol-mulk, pul mablag‘larini olib qaytarmaslik, ariza va shikoyatlar to‘liq ko‘rib chiqilmayotgani, oila turmush doirasidagi kelishmovchiliklar, fuqarolik masalasi, surishtiruv va tergov harakatlari, pasport tizimi, sudlanganlik holatini olib tashlash, amnistiya, ichki ishlar organlariga ishga, o‘qishga kirish, qidiruv, ishga qayta tiklash, pensiya tayinlash, xodimlarning noo‘rin harakatlari va boshqa sohalardagi madaniy maishiy muammolarga oid murojaatlardan iborat bo‘ldi. Sayyor qabulda tinglangan murojaatlarning qirq foizdan ortig‘i joyida ijobiy hal etildi.

Sayyor qabul natijalariga ko‘ra, 209 ta murojaatlar joyida hal etildi. 98 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar, 74 nafar fuqarolarga muammosi bo‘yicha boshqa organga murojaat etishlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, qabulning ikkinchi kuni moddiy jihatdan yordamga muhtoj bo‘lgan, 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 10 nafar fuqaroga gaz plitasi, 3 nafar fuqaroga hassa, 1 nafar fuqaroga qo‘ltiq tayoq, 15 nafar fuqaroga gaz balonlar va 1 nafar fuqaroga mikroto‘lqinli pech moddiy yordam tariqasida tarqatildi. 30 nafar fuqaroga badiiy kitoblar sovg‘a tariqasida berildi.

Aholining qabul o‘tkazish joyiga kelishlariga qulaylik yaratish maqsadida viloyatning Qarshi va Shahrisabz shaharlari, shuningdek, Qarshi, Muborak, Mirishkor, Kasbi, G‘uzor, Nishon, Koson, Dehqonobod, Shahrisabz, Chiroqchi, Kitob, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari markazlaridan 15 ta “ISUZU” rusumli avtobus qatnovi tashkil etilib, xar bir murojaat etgan fuqaroning arizasi mazmuni va turidan qat'iy nazar atroflicha o‘rganib chiqildi. Qabulga kelgan fuqarolarning barchasi bilan cheklanmagan holda suhbat o‘tkazildi.

Qabul yakunida fuqarolarning murojaatlari natijasi tahlil etilib, hududiy sektorlar rahbarlariga muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi», deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech