24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,5 °C

Xavfsizlik
22 Aprel  2019 735

Qashqadaryoda dekan 400 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan  hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti dekani X.A. pora bilan qo‘lga tushgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gap shundaki, dekan 4-kurs talabalari O.A. va Q.M.larni institut talabasi safidan chiqarish bilan qo‘rqitib, ularning har biridan 200 AQSh dollari talab qilib, jami 400 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech