29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,3 °C

Xavfsizlik
28 Aprel  2020 2064

Qarama-qarshi harakatlanish oqibati

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida qo‘rqinchli YTH sodir etilgan.

Voqyea mana bunday bo‘lgan. Joriy yil 27-aprelida soat 09:30 larda, Sho‘rchi tumani «Kakand» mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy 4K-592 yo‘lining 9 kilometrida, 21 yoshli haydovchi «Neksiya» rusumli transport vositasida oldinda harakatlanib ketayotgan transport vositasini quvib o‘tish maqsadida yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqqan.

Lekin o‘sha vaqtida qarshisidan harakatlanib kelayotgan 32 yoshli haydovchi boshqaruvidagi «Kamaz-652043» rusumli yuk transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, «Neksiya» rusumli transport vositasi 27 yashar yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib vokea joyida vafot etgan. Haydovchi esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi IIV YHXBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech