16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Bilasizmi?
26 Avgust  2019 504

Qantas Airways Ltd. 20 soat davom etuvchi parvozni sinab ko‘radi

Ilk rasmiy reyslarni boshlashdan oldin bunday parvoz sog‘lig‘ini tekshirgan holda samolyotda bir nechta yo‘lovchilar bilan sinov tariqasida amalga oshiriladi.

Qantas o‘tgan payshanba dunyodagi eng uzoq to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni oktyabr oyida yo‘lga qo‘yishini ma'lum qilgandi. Ekipaj a'zolari va aksariyati kompaniya xodimlari bo‘lgan 40 yo‘lovchi butun parvoz davomida muntazam tibbiy kuzatuv ostida bo‘ladi.

Biroq bunday parvoz kutilganidan ancha noqulayroq bo‘ladi, deya xabar bermoqda Bloomberg nashri. https://www.bloomberg.com/news/articles/2019-08-22/new-york-sydney-ghost-flights-to-test-if-human-body-can-bear-it

Qantas Airwaysning sinovi muvaffaqiyatli chiqsa, 2022-yildan 20 soatlik reyslarni amalga oshira boshlaydi. Bosh direktor Alan Joys esa ushbu xizmatni aviatsiyaning so‘nggi chegarasi sifatida tasvirlamoqda.

Aviakompaniya oldida yana bir masala, bunday uzoq masofaga yonilg‘i quymasdan parvoz qila oladigan samolyotni tanlash vazifasi turibdi.

 

Foto: fool.com.au

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech