21 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Agrosеktor
2 Yanvar  2019 1642

Qanliko‘lda qoramollar nobud bo‘lmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumanidagi “Jana qala” OFY da qoramollar kasallik tufayli nobud bo‘lmoqda. Yozdan boshlangan bu kasallikni to‘xtatishning imkoni bo‘lmayapti. Shu paytgacha ovuldagi 50 dan oshiq mollar harom o‘lgan, deya xabar tarqatdi “Kar24.uz”.

“Yozda mollarning o‘lishi boshlanib, birdan to‘xtagan edi, ikki oydan buyon bu holat yana davom etmoqda. Aholi qoramollarning birdan o‘lishidan tashvishga tushmoqda. “Qorason”, “mol shamollashi” bo‘lsa kerak, deb o‘ylab yangilishgan ekanmiz”, deydi “Jana qala” OFY kotibi yerpolat Musinov.

Ushbu holat bo‘yicha “Kar24.uz” muxbiri Qanliko‘l tumani veterenariya bo‘limi boshlig‘i Dauran Xudaybergenov bilan telefon orqali bog‘langan. 

“Qoramollarda avval bunday kasallik kuzatilmagandi. Tumanga Mo‘ynoqdan sotish uchun ko‘p qoramol olib kelinadi. Menimcha, bu kasallik sotish uchun olib kelinayotgan mollardan yuqyapti. Ayni paytda qoramollarda “pastrelioz” kasalligi belgilari kuzatilmoqda. Bunda qoramollarning qoni kamayib ketadi va bu o‘limga sababchi bo‘ladi”, deydi tuman veterenariya bo‘limi boshlig‘i.

Hozir tuman veterenariya bo‘limi maxsus vaksina uchun buyurtma bergan. Mutaxassislar bu vaksina qoramollar o‘limining oldini oladi, deb ishonishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech