22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Bilasizmi?
5 Noyabr  2019 425

Qanday hollarda issiq suv uchun to‘lov sovuq suv tarifi bo‘yicha to‘lanishini bilasizmi?

Ko‘p qavatli uylarda issiq suv ta'minotining markaziy tizimlari orqali olinadigan issiq suv harorati 50-75°Sga muvofiq bo‘lishi lozim. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida  belgilangan.

Bunda issiq suv haroratini aniqlashdan oldin suv olish nuqtasida 3 minutdan ortiq bo‘lmagan vaqt mobaynida suv oqizib yuboriladi.

Belgilangan issiq suv harorati past bo‘lganda, issiq suv ta'minoti xizmati uchun to‘lanadigan pul miqdori ham har bir orqaga qaytgan 3°S uchun 0,1 foizga kamaytiriladi.

Suv olish nuqtasida harorat 40°Sdan past bo‘lganda issiq suv uchun to‘lov sovuq suv tarifi bo‘yicha amalga oshiriladi.

“Huquqiy axborot” kanali

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech