17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,8 °C

Xavfsizlik
14 Iyun  2019 772

Qalbaki tilla taqinchoq uchun to‘langan 4 200 000 so‘m qaytarildi

Qimmatbaho taqinchoqlarning haqiqiy bo‘lib chiqmagan holatlar tez-tez uchrab turadi. Sababi ayrim “zargar yoki tadbirkorlar” mo‘may pul topish maqsadida, iste'molchilarni chuv tushirish orqali soxta brilliant taqinchoqlarni sotishdan ham tab tortishmaydi.

G‘ijduvon tumanida ana shunday holat kayd etildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi matbuot xizmati.

G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro D.Safarova tumandagi tilla taqinchoqlar bozori rastasidan 4 200 000 so‘mga brilliant ko‘zli uzuk sotib oladi. Uni uyiga olib borgach ushbu brilliant ko‘zli taqinchoq soxta ekanligini bilib qoladi. Sotuvchiga murojaat qilganida, u taqinchoq soxta ekanligini tan olmaydi va pulni qaytarib bermasligini aytadi.

Vaziyat Federatsiya mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda, iste'molchi chindan haq ekanligi, uzuk soxta ekanligi aniqlanadi. Iste'molchi D.Safarovaning 4 200 000 so‘m puli to‘liq qaytarib olib berildi va tadbirkorga nisbatan qonun doisrasida tegishli dalolatnoma hujjatlari rasmiylashtiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech