07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,6 °C

Bilasizmi?
22 Yanvar  2019 2017

O‘ta aniq ishlaydigan va xushmuomala aviatashuvchilar kimlar?

«Yamal» va «Yuteyr» reytingda «Turuxan» hamda «O‘zbekiston»dan ortda qoldi.

Yekaterinburgning Kolsovo aeroportidan parvoz qiluvchi o‘ta aniq ishlaydigan aviakompaniyalar reytingi tuzildi. 2018-yil yakunlariga ko‘ra, «Aeroflot», «Turuxan» va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK yetakchilikni qo‘lga kiritdi, deya xabar tarqatdi Rossiya OAVsi.

Saralash jarayonida barcha avia yuk tashuvchilar uch guruhga ajratildi: har kuni yoki kuniga bir necha marta reyslarni amalga oshirayotgan Rossiya aviakompaniyalari, Rossiyaning qolgan aviakompaniyalari va xorijiy aviatashuvchilarga. Noqulay ob-havo sharoitidan tashqari, jadvaldan 15 daqiqaga chetlashish ham og‘ishish, deya baholangan.

Xalqaro aviakompaniyalar o‘ratsida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK birinchi o‘rinda, ikkinchi o‘rinda «Eyr Astana» (Qozog‘iston) bo‘lsa, uchinchi o‘rin «Avia Traffik Kompani» (Qirg‘iziston) nasib etdi. Yekaterinburgdagi aeroportdan kuniga 1 martadan ko‘proq parvoz qiluvchi Rossiya aviakompaniyalari reytingida yetakchi «Aeroflot» bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda - «Ruslayn», «Yamal» va «Yuteyr»lar. Eng kam parvoz qiluvchi (haftasiga 1 martagacha) aviakompaniyalar o‘rtasida «Turuxan», «Gazprom avia» va «Red Vings»lar yetakchi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech