15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

investitsiyalar
24 Sentyabr  2019 586

Pskentda qariyb 2 ming ish o‘rniga ega texnopark qurilishi mumkin

Tuman hokimi Shuhrat Ahmedov xitoylik investorlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda tumanning investitsion salohiyati, bu yerda yain kelajakda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami haqida so‘z bordi, deb xabar qiladi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘z navbatida, nufuzli Xitoy kompaniyasining direktorlar kengashi raisi janob Yue Xefu janoblari istiqboldagi biznes loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng, xitoylik tadbirkorlar istiqbolli loyiha uchun zarur yer maydonini borib ko‘rishdi. Tuman hokimligi tomonidan ularga transport va infrastruktura nisbatan yaxshi rivojlangan 3 ta hududdan yer maydoni ko‘rsatildi.

Mazkur loyiha amalga oshsa, kelgusida qariyb 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, 150 million dollar qiymatidagi bu investitsion dastur orqali Pskentda elektron texnika ishlab chiqariladigan yirik quvvat faoliyat ko‘rsata boshlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech