22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Dolzarb
22 Iyul  2019 708

Meva va sabzavotlarni Rossiya chegarasidan olib o‘tish cheklanadi

Joriy yilning 19-avgustidan Rossiya chegarasi orqali meva-sabzavot va gullarni tashishning yangi qoidalari kuchga kiradi.

19-iyul kuni Rasmiy huquqiy axborot internet-portalda e'lon qilingan hukumat qarorida endi fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirmasdan bagaj va qo‘l yuki sifatida 5 kg dan ortiq sabzavot va mevalarni olib yurish mumkin.

Cheklovlar gullarga ham taalluqli. Har birida eng ko‘pi 15 dona gul, barglar yoki o‘simliklarning boshqa qismlari bo‘lgan uchtadan ko‘p bo‘lmagan guldastani olib o‘tish mumkin bo‘ladi. Yangi yil archalari, ignabargli daraxtlar shoxlari borasida ham xuddi shunday tartib.

Katta partiyalarni olib kirish uchun tegishli fitosanitariya sertifikatlari talab qilinadi. Agar ular bo‘lmasa, karantindagi mahsulotlar qaytarib yuboriladi yoki egasi hisobidan yo‘q qilinadi.

Yangi qoidalar suv, havo, temir yo‘l va avtomobil kabi barcha transport turlariga taalluqli. Bundan tashqari, yangilik Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi chegarasini kesib o‘tgan kemalar, samolyotlar va restoran-vagonlari ekipajlari a'zolariga, shuningdek, pochta jo‘natmalariga ham tegishli.

Ilgari jismoniy shaxslarga ekish yoki urug‘lik materiallari yoki kartoshka haqida gap ketmasa, bunday sabzavot hamda meva kabi bagaj va qo‘l yuki sifatidagi karantindagi mahsulotlar uchun fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish talab etilmasdi.

Bunday karantin masulotlari ro‘yxatiga dukkakli o‘simliklar, yong‘oq, sabzavotlar, masalan, pomidor, turli navdagi karamlar, sabzi, sholg‘om, redis, bodring, turli ildizpoyalar, tugunaklar ham kiritilgan. 

TASS surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech