07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Moliya
15 Yanvar  2019 2468

Tekshiruvlar 29 milliard so‘mlik qonunbuzilishlarni aniqladi

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari 2018-yilning 4-choragida 1969 ta tekshiruvni amalga oshirdi.

1717 holatda moliyaviy intizomni buzib, mablag‘larni ishlatib yuborish qayd etilgan. Qonunbuzilishlarning umumiy qiymati 29 milliard so‘mni tashkil etdi, shuningdek, 6 milliard so‘mlik kamomad va mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari aniqlandi, deya xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Tekshiruvlar natijasida 18,5 milliard so‘m mablag‘ o‘z o‘rniga qo‘yilgan. 871 ta qonunbuzilish holatlari bo‘yicha materiallar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga jo‘natilgan.

Tekshiruvlar o‘tkazilgan tashkilotlarning byudjet intizomini buzgan 91 nafar rahbari va amaldor shaxslar 59,8 million so‘mlik ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

O‘z axborotimiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech