16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Dolzarb
2 Avgust  2019 754

Vaziyat yomonlashsa, evakuatsiya qilamiz...

Tinimsiz quygan jala Angliyaning Derbishir grafligidagi Toddbruk suv ombori to‘g‘onining buzilishiga olib keldi. Yaqin atrofdagi Ueyli Bridj shaharchasining bir necha ming aholisi evakuatsiya qilindi ham.

Agar 1831-yilda qurilgan suv ombori to‘g‘oni buzilsa, Goyt daryosi vodiysida joylashgan aholi punktlari va tumanlari ikki metr qalinlikdagi suv ostida qolishi mumkin.

Politsiya Bakston va Beykvell shaharlari o‘rtasida avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan va Bakston aholisi agar vaziyat yomonlashsa, evakuatsiya qilinishi haqida ogohlantirilgan.

So‘nggi kunlarda jala quyishi Angliyaning qator hududlarida suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Buzilgan ko‘priklar va yuvib ketilgan yo‘llar haqidagi xabarlar berilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech