22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,1 °C

Mamlakatimizda
27 Mart  2019 2078

Profilaktika inspektorlarining yordamchilari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (251-son, 26.03.2019 y.) bilan Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom bilan profilaktika inspektorlari yordamchilarining asosiy vazifalari hamda funksiyalari belgilandi. Voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish shular jumlasidandir.

Nizomda profilaktika inspektorlari yordamchilarining huquq va majburiyatlari ham aks ettirilgan bo‘lib, ular fuqarolardan sodir etilayotgan har qanday huquqbuzarliklarni to‘xtatishni talab qilishi mumkin.

Profilaktika inspektorlari yordamchilari tuman ichki ishlar organlari boshliqlari tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar va Toshkent shahar IIB boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Profilaktika inspektorlari yordamchilari 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘taganlar orasidan tanlab olinadi. Ular “Mahalla posboni” a'zolari, “Fidokor yoshlar” guruhlari va “Jamoatchilik nazorati maskanlari” faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Samalari faoliyat yuritgan profilaktika inspektorlari yordamchilari ichki ishlar oganlari kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

Shuningdek, nizomda profilaktika inspektorlari yordamchilari faoliyatini baholash mezonlari, monitoring qilish tartibi belgilangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech