29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,4 °C

Sport
26 May  2020 1883

Futbol hududlarda ham rivojlanadi

Futbol boʻyicha agentlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

2020-yil 22-mayda Hukumatning 311-sonli “Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yana-da qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududiy futbol assotsiatsiyalariga yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini tubdan takomillashtirish, futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish kabi vazifalar tavsiya etildi.

“Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritiladi.

Tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, jumladan, har bir tumandan (shahardan) hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va oʻtkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion boʻlishi taʼminlanadi.

Qarorga koʻra, Futbol boʻyicha agentlar (vositachilar) faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi amaliyotga joriy etiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech