22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

investitsiyalar
26 Noyabr  2019 2105

“Navoiyazot” AJdagi loyihalar raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri “Navoiyazot” AJ da investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida ishchi yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

Hozirgi paytda “Navoiyazot” AJ da uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, texnologiyalarni modernizatsiya qilishga va korxonalarni texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan investitsiyaviy loyihalar faol amalga oshirilmoqda. Bundan maqsad ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash va uning tannarxini pasaytirish hisobidan korxona mahsulotining mamlakat bozorida va xorijiy bozorlardagi barqaror raqobatbardoshligini ta'minlashdan iborat.

Xususan, “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi qurilishi olib borilmoqda. PVX ishlab chiqarishning mo‘ljallanayotgan quvvati 100 ming tonna, kaustik soda – 71,8 ming tonna va metanol – 295,4 ming tonnani tashkil etadi.

Mahalliy polivinilxlorid ishlab chiqarish quvvatining tashkil qilinishi, shuningdek kaustik soda va metanol ishlab chiqarish quvvatlarining kengaytirilishi valyuta mablag‘larini tejash maqsadida import o‘rnini bosuvchi mahsulotni mahalliylashtirish; ishlab chiqarilayotgan import o‘rnini bosuvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish va mavjud xom ashyo resurslariga chuqur ishlov berilishini ta'minlaydi; yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishiga yangi rag‘bat berilishiga xizmat qiladi.

Ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan. Olinadigan mahsulot quvvati yiliga 660 ming tonna ammiakni va 577,5 ming tonna karbamidni tashkil qiladi. Ishlab chiqarishga zamonaviy resurslarni tejovchi texnologiyalar joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi “Navoiyazot” AJ da 1965-1967-yillarda foydalanishga topshirilgan  birinchi va ikkinchi navbatli ammiak ishlab chiqarish bo‘yicha ma'nan va jismonan eskirgan ishlab chiqarish uskunalarini foydalanishdan voz kechish imkonini beradi. Bu esa mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun ammiakni barqaror ishlab chiqarilishini ta'minlaydi. Amaldagi ishlab chiqarishlarga nisbatan ammiak ishlab chiqarishga energiya sarfi kamayadi, atrof-muhitga zararli chiqarishlar darajasi pasayadi, azotli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilishi ortadi.

“Navoiyazot” AJ da amalga oshirilayotgan yana bir loyiha – azot kislotasini ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Bu yiliga 500 ming tonna kuchsiz azot kislotasini ishlab chiqarish, 1-2-navbatli kuchsiz azot kislotasini ishlab chiqarish bo‘yicha ma'nan va jismonan eskirgan ishlab chiqarish uskunalarini foydalanishdan chiqarish imkonini beradi. Loyihaning amalga oshirilishi azot o‘g‘itlarini olishga yo‘naltirilgan bir qator ishlab chiqarishlarning yangilanishiga va rivojlanishiga turtki bo‘ladi, va bu o‘z navbatida, respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech