14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Moliya
29 Yanvar  2019 2285

O‘zbekistonning BST a'zo bo‘lishi Yevropa ittifoqi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

Tashqi savdo vazirligida O‘zbekistonning Yevropa ittifoqi delegatsiyasi rahbari elchi Eduards Stiprays bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning  Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga Yevropa ittifoqini ko‘magini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Yevropa ittifoqi delegatsiyasi texnik hamkorlik bo‘limi rahbari F.Bejoning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish borasidagi loyiha uchun 5 mln. yevro mablag‘ ajratgan va u BMT savdo va taraqqiyot konferensiyasining Xalqaro savdo markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Yevropa ittifoqining loyihalarni tasdiqlash tartibiga muvofiq, ittifoq delegatsiyasi loyiha tugallanishini kutib o‘tirmay, Xalqaro savdo markazi yaqin orada loyihani amaliyotga tadbiq etishni boshlashini tasdiqladi, deya xabar berdi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

O‘z axborotimiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech