07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Sanoat
20 Noyabr  2019 1855

Navoiydagi kremniy zavodini qayta tiklanadi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qozog‘iston Respublikasining mineral xom ashyolarni kompleks qayta ishlash bo‘yicha milliy markazi bosh direktori Abdurasul Jarmenovni qabul qildi. Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vazirining xalqaro maslahatchisi yerbol Suleymenov, boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

A.Jermenov Navoiy shahridagi hozirda faoliyat ko‘rsatmayotgan kremni zavodini modernizatsiya qilib, investitsiyalar jalb etib, kremniy va uning qorishmalarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda ishlab chiqarish taklifini ilgari surdi. Bugunda alyuminiy, kalsiy, uglerod, titan, fosfor, xrom kabi elementlarning nisbati kam bo‘lgan, tarkibida kremniy moddasi yuqori bo‘lgan po‘latga ehtiyoj yuqoridir. Temir va kremniydan tashkil topgan ferro-qorishmani ishlab chiqarishda ko‘mir chiqindilari yoki guruch kepagidan olingan sof uglerodli tiklovchi moddadan foydalaniladi. Bu innovatsion texnologiyani tijoratlashtirish hozirda to‘xtab qolgan zavodni ishlashiga, qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etilishiga, eksportbop mahsulot ishlab chiqarilishiga, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan oqilona hozirda foydalanishga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Muzokaralar natijasida Innovatsion rivojlanish vazirligi mutasaddilari xarajatlar, investitsiya miqdori va aniq prognozlashtirilgan foyda miqdori va uni taqsimlash tartibi ko‘rsatilgan aniq ish rejasini tuzish bo‘yicha ishlarning natijasi mazkur loyihaning istiqbolini belgilashini qayd etdilar.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech