21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,2 °C

Bilasizmi?
18 Yanvar  2019 1588

Mark Sukerberg loyihasini OAV qo‘llab-quvvatlamoqda

«Feysbuk» 300 million dollarlik sarmoya kiritib, bu bilan jurnalistika tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlamoqchi, deya xabar tarqatadi Reuters.

Bu yerda gap Amerikadagi lokal hamjamiyatlar haqida ketmoqda. Ularga kontentlarning yangi turlarini yaratish, xodimlar yollash va biznes-modellar ishlab chiqishda yordam beriladi.

Mablag‘lar esa Pulitser markazi, «Local Media Association», «Local Media Consortium» va boshqalarga yo‘naltiriladi.

Ushbu qadamni amalga oshirishda aholining fikrlariga tayanilgan. Ma’lum bo‘lishicha, aksariyat insonlarga mahalliy yangiliklar qiziqarli ekan.

2018-yilning mart oyida «Google» kompaniyasi mazkur sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash rejasi haqida ma’lum qilgandi. Uning «Google News Initiative» loyihasi sifatli jurnalistikani qo‘llab-quvvatlash, OAV biznes-modellarini rivojlantirish va soxta hamda uydirma yangiliklarga qarshi kurashish uchun platforma sifatida keltirilgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech