22 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,9 °C

Moliya
29 Noyabr  2019 831

Endi MIB fuqarolarning bankdagi hisob raqamiga taqiq qo‘yolmaydi

Fuqarolardan, ularning bank depozit hisobvaraqlaridagi (shu jumladan bank kartalaridagi) mablag‘lar Majburiy ijro byurosining talabnomalariga asosan xatlanganligi yuzasidan shikoyat va e'tirozlar kelib tushishi holatlari oshganligi sababli, hozirgi paytda fuqarolarning hisobvaraqlariga taqiq qo‘yish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar qiladi Markaziy bank matbuot xizmati.

Bank xizmatlari iste'molchilarining omonatlari va jamg‘armalariga nisbatan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan noqonuniy va noto‘g‘ri harakatlardan himoya qilinishini ta'minlash maqsadida, fuqarolarning bank hisobvaraqlariga va bank kartalariga taqiq qo‘yilishi to‘xtatilmoqda.

Shunga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining barcha hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklari mazkur qaror haqida, shuningdek Byuro tomonidan jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga nisbatan qo‘yilgan barcha talabnomalarni ijrosiz qaytarish yuzasidan xabardor etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech