19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Mamlakatimizda
18 Yanvar  2019 2361

“Yuksalish” umummilliy harakati tashkil etiladi

Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi.

Unda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish, ijtimoiy sektor va xavfsizlikni mustahkamlash nazarda tutilgan.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etiladi. Bu bo‘g‘in mutaxassislari sohalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va g‘oyalar beradi.  Kengash tarkibi va Nizomi ikki oy ichida tasdiqlanadi, mas’ullar - Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.
  • 2019-yil 1-iyunga qadar o‘rta muddatli istiqboldagi investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi.
  • E’lon qilingan kapitali 1 milliard AQSh dollari miqdorida bo‘lgan yana bir yangi O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi tashkil etiladi.
  • 2019-yil 1-martdan boshlab xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan «investitsiya vizasi» joriy etiladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlarining vakant lavozimlarini qisqartirish hisobidan 5 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reytinglar bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘basini tashkil etish belgilangan.
  • «Yuksalish» umummilliy harakatini tashkil etishga qaror qilindi. U xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik uchun mas’ul. Harakat Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflar kiritib boradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech