03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37 °C

Raqamlashtirish
25 Fevral  2020 1841

Davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi shaffoflik

Endilikda, fuqarolar davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanganda qonunbuzilish holatlari to‘g‘risida elektron tizim orqali xabar berishi mumkin.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi» DUK va «Yagona Integrator Uzinfocom» MChJ bilan hamkorlikda my.gov.uz portali orqali yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqishda vakolatli organlar tomonidan qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda xabar berish imkoniyati yaratildi.

my.gov.uz portali orqali onlayn ravishda berilgan arizalarning ko‘rib chiqish muddati buzilganda, ariza asossiz ravishda rad etilganda yoki boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganda, fuqarolar mustaqil ravishda Davlat xizmatlari agentligiga xabar yuborishlari mumkin.

Agentlik har bir qonunbuzilish holatlarini bartaraf etib, tegishli ta'sir choralarini qo‘llashni va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta'minlaydi.

Eslatma: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasiga asosan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi, deya xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech