14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,6 °C

Kеyingi avlod
25 Iyun  2019 1864

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 26-iyun – 3-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi

Prezident maktablariga 1-22-iyun kunlari davomida jami 28 446 nafar talabgor hujjat topshirgan. Shundan 9260 tasi (32,5%) onlayn, 19 186 nafari (67,5%) esa oflayn usulda, ya'ni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topshirgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lum qiladi.

Topshirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 tasi saralash bosqich imtihonidan o‘tish imkoniga ega bo‘lishdi.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p – 7 724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpog‘istonda 7 456 ta, Xorazmda 6 503 ta, Toshkent shahrida 5 763 ta hujjat qabul qilingan.

Eng ko‘p – 8 727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan, eng past ko‘rsatkich 10-sinflar orasida – 2 350 ta.

Imtihonlarni davlat (o‘zbek) tilida topshiruvchi o‘quvchilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4 847 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, ingliz tilida topshiruvchilar soni 621 nafarni tashkil etdi.

Bir o‘ringa o‘rtacha raqobat 49 o‘quvchini tashkil etgan bo‘lsa, eng yuqori raqobat 5-sinfga topshirgan talabgorlar o‘rtasida – 1 o‘ringa 92 nafar o‘quvchini (Namanganda 118 o‘quvchi) tashkil etadi.

Prezident maktablariga topshirgan talabgorlarning soni rejalashtirilgandan ham oshib ketganligi sababli kirish imtihonlarini o‘tkazishga mas'ul chet ellik tashkilot Cambridge assessment – saralash bosqich imtihonlarini (pre-selection) o‘tkazilishi lozimligi ma'lum qilindi.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) qachon va qaerda bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection)2019-yil 26-iyun – 3-iyul davomida bo‘lib o‘tadi.

Ota-onalar o‘quvchilar bilan birgalikda 2019-yil 26-27-28-iyun kunlari Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari (orientation day) – saralash bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadigan binoga tashrif buyurishadi va imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha barcha tegishli ma'lumotlarni olishadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech