17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Kеyingi avlod
19 Iyun  2019 2998

Prezident maktablari: kirish va o‘qish tartibi qanday?

Joriy yilning fevral oyida davlatimiz rahbari iqtidorli bolalar o‘qiydigan Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yangi muassasalar joriy yil kuzidan boshlab ish boshlaydi. Birinchi filiallar respublikaning to‘rtta shahrida - Toshkent, Nukus, Xiva va Namanganda paydo bo‘ladi. Ro‘yxatga olish tartibi va o‘quv jarayoni haqida Prezident maktablari loyihasi ta'lim departamenti boshlig‘i Natalya Sarikova batafsil ma'lumot beradi:

- Bolalar hududiy asosda qabul qilinadi. Agar bola Toshkentda tahsil olayotgan bo‘lsa, u faqat poytaxtda joylashgan Prezident maktabiga kirish huquqiga ega. Xuddi shu tamoyil boshqa hududlarda ham amal qiladi. Saralash tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar bir necha usulda taqdim etilishi mumkin: pm.xtv.uz veb-sayti orqali onlayn murojaat qilish yoki qog‘oz shaklida - manzillari saytda ko‘rsatilgan ixtisoslashtirilgan hujjatlar qabul qilish markazlari orqali. Bunda kerak bo‘ladi: talabgor o‘qiydigan maktabdan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma, direktorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan joriy o‘quv yili uchun tabel nusxasi, shuningdek, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma. Arizani topshirgandan so‘ng ota-ona yoki qonuniy vakil uning qabul qilingani to‘g‘risida SMS-xabarnoma oladi.

Prezident maktab-internatlariga tanlov asosida umumta'lim muassasalarining 4-9-sinf bitiruvchilaridan qobiliyatli va iqtidorli bolalari qabul qilinadi.

- Faoliyatning birinchi yilida talabgorlarni istisno tariqasida tanlab olish shuningdek, 6-10-sinflarda ham o‘tkaziladi. Shunday qilib, 2019-yilda to‘rt muassasaning har biriga 144 tadan o‘quvchi qabul qilinadi. Umuman olganda, maktablarda yettita parallel, har biri 12 ta o‘quvchidan iborat ikkita sinfdan iborat bo‘ladi.

- Kiruvchi bolalar qanday imtihonlarni topshirishadi?

- Ular ikki bosqichdan o‘tadilar. Birinchisi, 30 vazifadan iborat matematika bo‘yicha test shaklida. Bundan tashqari, eng ko‘p ball to‘plagan talabgorlarning maksimal soniga, ya'ni bir o‘ringa 20 kishi hisobidan ruxsat etiladi. Ikkinchi tur ma'lumotlarni tahlil qilish va taqqoslash qobiliyatini tekshirish, mantiqiy elementlar bilan matematik masalalar va ingliz tilidan test kabi topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.

Talabgorning tanlovi bo‘yicha kirish testlari davlat yoki ingliz tilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa qoraqalpoq tilida o‘tkaziladi. Chet tilini bilish 9-10 sinflariga kirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 5-8-sinflarga kirishda ushbu mavzu bo‘yicha test faqat kelgusida o‘quvchilarning salohiyatini baholashga xizmat qiladi.

Eng yuqori ball to‘plaganlar Prezident internat-maktablariga qabul qilinadi.

- Maktablarning moddiy-texnik jihozlanishi, bolalarni qanday sharoitlar kutayotgani haqida aytib o‘tsangiz...

- Ularning bari dushanbadan jumagacha qadar doim maktab hududida bo‘ladi, dam olish kunlari ota-onalar ularni uyiga olib ketishi mumkin. Bunday tizimda ta’lim yanada samarali kechadi, chunki bolalar muntazam yaratilgan rivojlanish muhitida bo‘ladilar va bu ularning qobiliyati va iste’dodini maksimal darajada oshirish imkonini beradi. Buning uchun barcha sharoitlar mavjud: keng kutubxona, ingliz tilidan qo‘shimcha darslar, jumladan, so‘zlashuv klubi, STEAM-fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar. Shuningdek, ijodiy ustaxonalar, robototexnika xonalari, sport majmualari, turli to‘garaklar va seksiyalar faoliyat ko‘rsatadi.

O‘quvchilarga barcha qulayliklarga ega yotoqxonada bepul yashash, kuniga to‘rt marta ovqatlanish, forma va adabiyotlar taqdim etiladi. Bolalar tarbiyachilarning qaramog‘ida bo‘ladilar.

- O‘qituvchilar qanday tanlanadi, nomzodlarga qanday talablar qo‘yiladi?

- Dastlab, o‘qituvchilar pm.xtv.uz dagi «Bo‘sh ish o‘rinlari» bo‘limida to‘ldirish mumkin bo‘lgan va tanlovda ishtirok etish uchun o‘z rezyumelari hamda arizalarini sayt orqali yuboradilar. Muvofiqlari ikkinchi bosqichga taklif etiladi, bunda nomzod o‘z fanini bilishi bo‘yicha test topshiradi. Keyin – suhbatga taklif etiladi.

Ishonchli intizomdan tashqari, o‘qituvchilardan ta’lim berishning zamonaviy usullariga, STEAM-fanlari (matematika, kimyo, fizika, biologiya, informatika, san’at) pedagoglaridan ingliz tilida mukammal muloqot qila olish qobiliyatlarini ham kutyapmiz. Tarix va boshqa gumanitar kurslar davlat tilida o‘qitiladi.

Shuni ham ta'kidlashni istardimki, tanlovda ta’lim olish yondashuvlariga moslashuvchanlik va ijodkorlikni namoyon etadigan, yangicha rivojlanish uchun ochiq, jamoada ishlay oladigan, rivojlanish uchun o‘z ustida muntazam ishlaydigan va bolalardagi qiziqishni rag‘batlantiradigan murabbiylarga afzallik beriladi.

- Prezident maktablarida sohadagi qanday yangiliklar birinchi marta taqdim etiladi?

- STEAM ta’lim tizimi tanlangan. Ushbu fanlar - matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, dizayn va texnologiya, san'at - beshinchi sinfdan boshlab ingliz tilida o‘qitiladi, shu sabab maktablarda chet tilini chuqur o‘rganish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

STEAM tadqiqot yondashuvini nazarda tutadi, ko‘plab amaliy vazifalar va loyihalarni o‘z ichiga oladi. «Cambridge International» dasturiga kiritilgan fanlardan o‘qitish uchun tajribali xorijlik mutaxassislar taklif etilgan. Tarix, geografiya, ma’naviyat asoslari malakali mahalliy o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi.

Sakkizinchi sinfdan boshlab, bolalar o‘z qobiliyati va iste'dodiga asoslanib, o‘z xohishi bilan professional yoki standart darajada fanlarni o‘rganishni mustaqil tanlashi mumkin.

- O‘quvchilar bilimini baholashning qanday tizimi qo‘llaniladi?

- «Cambridge International» dasturi bolalarning bilimlarini turli bosqichlarda tekshirishni nazarda tutadi - chorakda nazorat ishi, yakuniysi - kurs oxirida. Baholash turli usullar bilan amalga oshiriladi - an'anaviy test, nazorat vazifalari va ijodiy, loyiha ishlari. Muhimi, buning bari birinchi navbatda bolaning rivojlanishiga va uning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga qaratilgan.

Yevgeniya Yun

suhbatlashdi.

«Pravda Vostoka».

Mazkur maqola «Pravda Vostoka» gazetasining 2019-yil 19-iyundagi 123-sonida «Президентские школы: каков порядок зачисления и учебы» nomi bilan elon qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech