30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Mamlakatimizda
20 Mart  2020 269

Prezidentdan motivatsiya

Xalqimizga, millatimizga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishda chinakam namunadir.

Odatda ertalab uyqudan turishim bilan qahva ichaman. Bugun esa oshxonaga chiqishga ham ulgurmadim: telefonim ketma-ket jiringlashni boshladi. Ozgina ikkilanib telefonni koʻtardim.

 “Bugun soat 15:30da Prezidentimiz videoselektor yigʻilishini oʻtkazadilar, kechikmay keling”, dedi suhbatdoshim jiddiy ohangda.

Uyqu aralash yaxshi anglolmadim va soʻradim: “Prezident Administratsiyasi binosidami?”.

 “Ha”, dedi oʻsha jiddiy ovoz.

Negadir xavotirim oshdi va yana savol berishga oʻtdim. “Axir butun dunyoda koronavirus boʻyicha tashvishli xabarlar tarqalib yotgan boʻlsa, bu Prezident uchun xavfli-ku?!”, dedim qaygʻurib...

 “Chunki boshqa davlatlar rahbarlari shu kunlar bevosita muloqotlarni chekladilar”.

 “Kun tartibida muhim masalalarbor. Shular muhokama qilinadi”,dedi yana oʻsha jiddiy ovoz.

 “Tushundim”, dedim va telefon tugmasini bosdim. Soʻng majlisga tayyorgarlikkoʻrishni boshladim.

Prezident Administratsiyasi binosiga barvaqt bordim. Xavotirlarim mutlaqo asossiz ekanligini koʻrdim. Bu yerda hammasi batartib: isitma bormi, yoʻqmi shifokorlar hammani doimiy nazorat qilib turibdi. Qoʻl berib hech kim koʻrishmayapti, bakteriyalarga qarshi antiseptik vositalar bemalol, niqoblar berilyapti.

Chamasi 15:40da kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuzga yaqin odam oʻtirgan zalga kirib keldi, salomlashib, oʻtiringlar, dedi.

Tojsimonvirus va uning oqibatlari haqida ancha va batafsil toʻxtalib oʻtildi. Davlatimiz rahbari shoshmay, bu muammoni yechimlari toʻgʻrisida gapirdi. Soʻng mahalla va oila muammolari, yangi tashkil etilgan vazirliktizimini yaratish haqidagi masalalar muhokama etildi.

Ammo, meni yozishga undagan jihatlar boshqa...

Yigʻilishda oʻtirib juda koʻp narsalarni oʻyladim. Siyosatshunos sifatida yaqin 30 yildagi majlislar va rahbarlarni taqqoslab koʻrdim.

Oʻtgan asrning 90-yillaridan beri katta siyosatni “ichkarisidan” koʻrgan va uzoq yillar Prezident matbuot xizmatida ishlaganim uchun koʻplab majlislarda qatnashganman. Xorijdagi oliy darajadagi sammitu, viloyat va tumanlar, eng chekka qishloqlargacha boʻlgan tashriflar ishtirokchisi oʻlaroq oʻz fikrimni aytgim keldi.

Siyosatshunoslik obyekti va subyektlari harakati olimlar kuzatuvi uchun judayam muhim, ayniqsa amaliy politics va political science uchun.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning men bilgan boshqa buyuk siyosatchilardan, oʻzimizdagi oldingi davlat rahbarlaridan farqi shundaki, yonidagi odamning lavozimidan qatʼiy nazar — u viloyat hokimi boʻladimi, tuman rahbari yoki oddiy fuqaromi ularni diqqat bilan tinglaydi. Aslo ularning gapini boʻlmaydi, toʻxtatmaydi. Bu muhim jihat, garchi birinchi qarashda bunday tuyulmasa-da. Agar shu masala boʻyicha savoli boʻlsa suhbatdoshining gapi tugagandan soʻng beradi. Har bir tuman, qishloqdagi vaziyat, odamlar tashvishi bilan obdon qiziqadi. Qanday yordam berish kerakligi haqida birga bosh qotiradi. Rahbarimiz suhbatdoshi soʻzlarini ting­lar ekan, teran nigoh, oʻtkir nazar bilan shu masalaning, shu hududning ich-ichiga kirib ketadi.

Oʻzbekiston katta davlat. Viloyat, tuman, mahalla va qishloqlari bisyor mamlakat. Shavkat Miromonovich har bir tumanning pasportini, baland-pastlarini ham yaxshi biladi: u yerning oʻziga xos jihatlari, qishlogʻu mahallalar kayvonilarining ismi, sharifigacha biladi. Har biri boʻyicha oʻziga hos maslahat bera oladi. Shu bilan birga muammo yechimining kalitini ayta oladigan SHAXS koʻrinadi koʻz oldingizda. Bugun har bir mamlakat rahbari ham deyarli oyda bir necha marta oʻz viloyat rahbari va faollari bilan muloqot qila olmaydi.

Yana bir muhim jihat: Osiyo yo Sharq deganda odatda rahbar oldida qoʻl ostidagilarning koʻzini bir nuqtaga tikib, bosh egib iymanib turishi gavdalangan boʻlsa, bugun bizda mutlaqo boshqacha holat. Prezidentimiz xoh Bosh vazir boʻladimi, hokimu vazirmi yoki oddiy dehqonmi u bilan oʻz sohasining noyob mutaxassisi sifatida samimiy suhbatlashadi.

Shularni koʻrib, bilib turganingdan keyin Yangi Oʻzbekistonda Prezidentimiz komandasida bitta maqsad sari dadil va sadoqat bilan qadam tashlagisi keladi odamning. Zero, bugun Prezident olib borayotgan islohotlar faqat rahbarlar ongida emas, oddiy odamlar qalbida unmoqda. Bugungi rahbar avvalgi davrdagidek “katta mashina”ning kichik bir murvati emas, aksincha, bugungi rahbar SHAXSdir. Tarixni esa shaxslar yaratadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning hayoti va faoliyatida shunday tamoyil ustuvor: xalqimizga, millatimizga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilish!

Sherzod Qudratxoʻjayev,
siyosatshunos

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech