17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Hukumat
24 Aprel  2019 1778

Prezident Xitoyga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24-aprel kuni amaliy tashrif bilan Pekinga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari u yerda “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech