25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Xalqaro hamkorlik
13 Dekabr  2019 1579
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Prezidenti Nagoya shahri merini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahri meri Takasi Kavamurani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdi. Bugungi uchrashuv Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida oʻtayotgani taʼkidlandi.

Nagoya shahri Yaponiyaning eng yirik sanoat va ilmiy markazlaridan biri boʻlib, u bilan hamkorlik turli oʻzaro manfaatli dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun keng istiqbollarni ochadi.

Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi sheriklik, jumladan, 2010-yilda Toshkentda ochilgan Nagoya universiteti vakolatxonasi koʻmagida rivojlanib borayotgani yuksak baholandi.

Uchrashuvda avtomobilsozlik, shaharsozlik, toʻqimachilik, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm va boshqa yoʻnalishlarda yaqin ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Toshkent va Nagoya shaharlari oʻrtasida imzolanishi kutilayotgan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, shuningdek, poytaxtimizda Yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish loyihasini amalga oshirish, shubhasiz, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat kilishi taʼkidlandi.

Nagoya Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi hamkorlik uchun koʻprik boʻlishiga ishonch bildirildi.

Istiqbolli dastur va loyihalarni amalga oshirishni ilgari surish maqsadida “yoʻl xaritasini” ishlab chiqishga kelishib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech