04 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Xalqaro hamkorlik
19 Fevral  2020 1190
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqaraga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 19-fevral kuni tashrif bilan Turkiyaga keldi.

“Esonbugʻa” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya hukumati aʼzolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Muzokaralarda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech