20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Hukumat
3 Iyun  2019 865
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Prezident Toshkent viloyatidagi ahvolni tanqid qildi

Nurafshon shahrida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyat iqtisodiyoti, tumanlardagi ahvolni tanqid qildi. 

– O‘zim yurib, respublikadan rahbarlar yuborib, eng dolzarb masalarni hal qilyapmiz. Hamma joyda o‘zgarish bo‘lyapti. Toshkent viloyati nimaga uyg‘onmayapti? Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Har bir kun, har bir daqiqa g‘animat. Prezident siyosat yuritadi, imkon yaratadi. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib ishlab, natijani ta’minlashi kerak. Odamlar quruq gapga chidamaydi. Toshkent viloyatida quruq gap. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani tashabbus, – deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.

Katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la turib, viloyatda mavjud rezerv va imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani, sanoat haligacha bir nechta yirik korxonalarga bog‘liq bo‘lib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bo‘ka, Piskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji pastligicha qolmoqda. Quyichirchiq, Bekobod, Ohangaron, Piskent va Bo‘ka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat ko‘rsatish hajmi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2-3 barobar kam.

Yig‘ilishda tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi, ish o‘rinlari, ijtimoiy sharoitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech