22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +39,6 °C

Hukumat
21 Yanvar  2019 1642

Shavkat Mirziyoyev: qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz

Germaniyada o‘qiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari vatandoshlarimizning o‘qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

– Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo‘lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan.  Islohotlarni sizdek ilg‘or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o‘rgangan bilim, “nou-xau”laringni O‘zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz,-  dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident yoshlarni o‘qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yo‘naltirishga taklif etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech