21 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Xalqaro munosabatlar
17 Aprel  2019 1132

Koreya Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifiga doir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In 2019 yil 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Tashrif dasturida Prezident Mun Chje Inning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida nutq soʻzlashi, davlat rahbarlarining ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari biznes-forumida hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va sanʼati uyining ochilish marosimida ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, Samarqand shahriga tashrif rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida Qoʻshma deklaratsiya qabul qilinishi, salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar toʻplami, shuningdek, savdo shartnomalari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech