23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +40,2 °C

Mamlakatimizda
12 Fevral  2019 1288

Prezident qaroriga asosan psixologlar shtati oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga psixologlar shtatini ko‘rib chiqish yuklandi. Bu haqda Prezidentimizning 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 1 ta psixolog shtat birligi, tarbiyalanuvchilari soni 200 nafardan ortiq bo‘lgan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 2 ta psixolog shtat birliklarini kiritishi belgilab qo‘yildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech