18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,8 °C

Mamlakatimizda
10 Dekabr  2019 1303

Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonun imzolandi

2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qonun bilan 2020-yilda byudjet jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.

Shuningdek, byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilandi.

Qonun bilan respublika byudjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.

2020-yil uchun ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari tasdiqlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.

Qonunga ko‘ra, bir qator xarajatlar respublika byudjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy byudjetdan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Jumladan, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha xarajatlar tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran  kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech