27 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,3 °C

Mamlakatimizda
3 Iyul  2020 2679

Prezident tomonidan “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi

2020-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan OʻRQ–626-sonli “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

Qonun bilan geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda tegishli davlat organlarining sohadagi vakolatlari belgilandi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, geodeziya va kartografiyaga oid ishlar umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) turlarga ajratiladi.

Shuningdek, Qonun bilan sohaga oid ishlarni bajarishga doir asosiy talablar belgilandi.

Geodeziya va kartografiya faoliyati yoki sohaga oid ishlarning ayrim turlarini litsenziyalash Hukumat tomonidan belgilanadi.

Litsenziya yuridik shaxslarga amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.  

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan ishlarni bajarish natijasida olingan materiallar ekspertiza qilinadi.

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan geodeziya va kartografiya faoliyati mahsuloti, shu jumladan davlat kartografiya-geodeziya fondi materiallari (maʼlumotlari) Oʻzbekiston mulkidir.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech