23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,9 °C

Hukumat
12 Mart  2019 3006

Prezident Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12-mart kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. 

 

Davlatimiz rahbari barcha hududlar kabi Navoiy viloyatiga ham bir necha bor tashrif buyurib, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, aholi farovonligini oshirishga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. 2017 va 2018-yillardagi tashriflar chog‘ida belgilangan chora-tadbirlar natijasida viloyatda juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. 

Bu safar Nurota va Karmana tumanlari, Navoiy shahridagi yangi korxonalar, ijtimoiy ob’ektlar, energetika, kimyo va baliqchilik majmualari bilan tanishish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech