22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
3 Avgust  2019 442

Prezident Jasliqdagi koloniyani tugatdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma'lum qiladi.

 

Mazkur tarixiy qaror ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni, shaxs va jamiyatga hurmat munosabatini shakllantirishga yo‘natirilgan axloqan tuzatish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq davlatimizning xalqaro arenalarda ijobiy mavqeini ilgari surish maqsadida qabul qilinganligi qayd etilgan.

Qarorga ko‘ra:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani, Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi (keyingi o‘rinlarda – 19-son JIEK) tugatiladi.
  2. 19-son JIEKning binolari, inshootlari va mavjud mol-mulklarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Nukus shahrida joylashgan 2-son Tergov xibsxonasi balansiga o‘tkazib beriladi.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida 19-son JIEKni tugatish bo‘yicha komissiya tashkil etiladi va o‘rnatilgan tartibda kompleks tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshiriladi.
  4. 19-son JIEKda saqlanayotgan mahkumlar sud tomonidan belgilangan tartib turiga muvofiq ravishda ichki ishlar organlarining boshqa jazoni ijro etish koloniyalariga o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech